“Korboda”ga qarshi (2:1) uchrashuvda himoyachi Edemirning yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan “Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli diskvalifikatsiyadan qutulib qolishi mumkin.
Uchrashuvni boshqarib borgan Alexandro Xose Ernandes o'yin bayonnomasiga ushbu vaziyatni quyidagicha izohlagan: “83-daqiqada Ronaldu to'pga egalik qilmagan raqibga zarba berdi”.
"Marca" nashrining taxminicha, hakam Ronalduning xatti-harakatini "tajovuzkor" sifatida baholamagani uchun futbolchining diskvalifikatsiyasi uzoq muddatli bo'lmasligi mumkin.
Har qanday holatda ham Krishtianu kelasi turda bo'ladigan “Real Sosedad”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq
|