O‘zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati qur’asidan ko‘ngli to‘lganini ta’kidladi. Ayni damda Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida bo‘lib turgan terma jamoa murabbiyi Germaniyani guruh favoriti deya baholagan bo‘lsa, qolgan uch jamoaning imkoniyati teng ekanligini aytdi.“Qur’a qoniqarli o‘tdi, - deydi Ravshan Haydarov. Bizning guruhimizga Yevropa chempionlari – Germaniya tushdi. Qog‘ozda Germaniya guruh favoriti, qolgan uch jamoa – O‘zbekiston, Fiji va Gonduras, fikrimcha, teng kuchga ega jamoalar hisoblanadi.
Turnirdagi birinchi o‘yin, ham bizga, ham birinchi o‘yindagi raqibimiz Gondurasga qiyin bo‘ladi deb o‘ylayman. Chunki, musobaqani yaxshi boshlash katta sinov va biz kuchli jismoniy va ruhiy tayyorgarlik orqali bu sinovdan o‘tamiz deb o‘ylayman. Ertaga O‘zbekiston guruh o‘yinlari davomida yashaydigan shaharga borib, stadion, mehmonxona, mashg‘ulotlar maydonlarini ko‘rib, keyin Toshkentga qaytamiz”, - deb so‘zini yakunladi Haydarov.
Manba. the-uff.com
|