O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi - 2015 yarim finali doirasidagi Avstraliya hamda BAA terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqaradi.
OFK Osiyo Kubogi-2015 yarim final uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar nomini e'lon qildi.
Unga ko'ra, Nyukasl shahrida bo'lib o'tadigan Avstraliya hamda BAA terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston) hamda Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston) yordam berishadi.
Eslatib o'tamiz, Avstraliya hamda BAA terma jamoalari o'rtasidagi yarim final uchrashuvi 27 yanvar kuni Nyukasl shahrida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.
|