“Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan “Kordoba”ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yin og'ir kechdi. Maydonning holati yaxshi emasdi, ammo har ikki jamoa ham bir xil sharoitda bo'lganini unutmaslik kerak.
Muhimi – biz g'alaba qozona oldik. Raqib bizni ancha ter to'kishga majbur qildi. Ba'zan shunday o'yinlarga duch kelamiz.
Men Ronaldu qizil kartochka olgan vaziyatda nima bo'lganini ko'rmadim. Shu sababli bir narsa deya olmayman. Ammo biz Ronaldusiz ham o'ynay olamiz. Oldinga qarab intilishda davom etishimiz kerak”,- deydi Beyl.
|