Новое на сайте
Смотреть фильмы онлайн сегодня не только удобно, но и практично. Конечно же, просмотр киноновинки дома врядли сможет заменить вам поход с любимой девушкой или друзьями в кинотеатр, однако позволит сэкономить на стоимости билета и при этом смотреть фильмы в неограниченном количестве. Сегодня мировой кинематограф фактически ежедневно радует любителей кинематографа киноновинками. Пересмотреть все киноновинки посещая кинотеатр, у вас не хватит ни времени, ни денег. Да это и не нужно делать, ведь порой, реклама фильма у его создателей получается лучше, чем сам фильм. К тому же фильмы интересные одной аудитории, совершенно не интересны другой части зрительской аудитории, и порой по названию и описанию фильма не всегда можно определить будет ли этот фильм интересно смотреть или нет.
Наши координаты
Если у Вас не показывает фильм, есть какие либо вопросы и предложения, или Вы хотите чем то помочь сайту, пишите Администратору.
Премьеры
Статистика


Онлайн: 1
Мехмонлар: 1
Фойдаланувчилар: 0

Venesuelaga 40 ta atom bombasi qurib berishni va’da qilgan amerikalik olim 5 yilga qamaldi - Dunyo Xabarlari - TV-SHOU DASTURLAR - Yangiliklar, Uzbek kino, Kliplar

Главная » Статьи » Dunyo Xabarlari

Venesuelaga 40 ta atom bombasi qurib berishni va’da qilgan amerikalik olim 5 yilga qamaldi
Amerikalik olim Venesuelaga 40 ta atom bombasi qurib berishni va Nyu-York ustiga bomba tashlashni taklif qilgani uchun ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Daily Mail. Argentinada tug‘ilgan Pedro Leonardo Maskeroni AQSh fuqaroligini olgan va 1979−1989-yillarda Los-Alamos milliy laboratoriyasining yadro qurolini rivojlantirish departamentida ishlagan. Uning xotini Merjori Roksbi Maskeroni ham o‘sha laboratoriyaning texnik hujjatlar bo‘limida 1981-yildan 2010-yilgacha ishlagan. FQB o‘z maxfiy agentining Maskeroni bilan Venesuela vakili sifatida olib borgan muzokarasi vidolavhasini sudga taqdim etgan. Olim “hokimiyat va pul” evaziga ommaviy qirg‘in quroli arsenalini 10 yil ichida qurishga va’da bergan. Bundan tashqari, u namoyish maqsadida Nyu-York ustiga bomba tashlashni maslahat bergan. Uning fikricha, bundan odamlar aziyat chekmaydi, faqatgina elektr energiyasi uzilib qoladi. Albukerke shahrining okrug sudi olimni 5 yilga, rafiqasini 1 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Ular sud bilan aybni tan olish to‘g‘risida kelishuv imzolagach, muddat qisqartirilgan. Biroq o‘z chiqishida u harakatlarining noto‘g‘riligini tan olishdan bosh tortgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u “venesuelalik” kishiga hech qanday maxfiy texnologiyalarni taklif qilmagan, bunday qilishga AQSh uning yado energiyasini olishda ftor-vodorod lazeridan foydalanish nazariyasini tan olmagani majbur qilgan.
Категория: Dunyo Xabarlari | Добавил: Komronmirzo (31.01.2015)
Просмотров: 450 | Теги: Venesuelaga 40 ta atom bombasi quri | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Код *: