O’zbek estradasining ikki yorqin yulduzi birgalikda duet tarona kuylaganligi haqida sizlarga avval xabar bergan edik. Sardor Rahimxon va Dilso’z tomonidan ijro etilgan «Sog’indi yurak» nomli ushbu taronani portalimiz orqali siz azizlarga taqdim ham qilgan edik.
Mana bugun esa muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan mazkur duet taronaga klip ham suratga tushirildi. Ushbu duet taronaga tasvirga olingan klip rejissori sizlarga yaxshi tanish bo’lgan Rustam Murodov hisoblanadi. Mazkur klip trek ko’rinishida suratga olingan bo’lib, tez orada keng ommaga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Bugun esa portalimiz orqali mazkur klipni suratga olish jarayonidan olingan maxsus fotosuratlarni havola qilmoqdamiz. Marhamat, fotosuratlarni tomosha qiling! >bir<
|