Новое на сайте
Смотреть фильмы онлайн сегодня не только удобно, но и практично. Конечно же, просмотр киноновинки дома врядли сможет заменить вам поход с любимой девушкой или друзьями в кинотеатр, однако позволит сэкономить на стоимости билета и при этом смотреть фильмы в неограниченном количестве. Сегодня мировой кинематограф фактически ежедневно радует любителей кинематографа киноновинками. Пересмотреть все киноновинки посещая кинотеатр, у вас не хватит ни времени, ни денег. Да это и не нужно делать, ведь порой, реклама фильма у его создателей получается лучше, чем сам фильм. К тому же фильмы интересные одной аудитории, совершенно не интересны другой части зрительской аудитории, и порой по названию и описанию фильма не всегда можно определить будет ли этот фильм интересно смотреть или нет.
Наши координаты
Если у Вас не показывает фильм, есть какие либо вопросы и предложения, или Вы хотите чем то помочь сайту, пишите Администратору.
Премьеры
Статистика


Онлайн: 1
Мехмонлар: 1
Фойдаланувчилар: 0

Olimlar dunyo bo‘yicha qiz bolalar o‘qishda o‘g‘il bolalardan ustunligini aniqladi - Dunyo Xabarlari - TV-SHOU DASTURLAR - Yangiliklar, Uzbek kino, Kliplar

Главная » Статьи » Dunyo Xabarlari

Olimlar dunyo bo‘yicha qiz bolalar o‘qishda o‘g‘il bolalardan ustunligini aniqladi
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida o‘rta ta’lim maktablarida qiz bolalar o‘g‘il bolalarga nisbatan yaxshi o‘qiydi. Qizlarning ta’lim bo‘yicha muvaffaqiyatlari jinslar tengligi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanganlik darajasiga bog‘liq emas. Bu haqda amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotga tayanib, Intellegence jurnali xabar berdi. Tadqiqotchilar 74 davlatdan bir yarim million nafar 15 yoshli maktab o‘quvchilarining olgan baholarini o‘rganib chiqdi. Bunda turli fanlar bo‘yicha baholar qamrab olindi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘rganib chiqilgan mamlakatlarning 70 foizida qizlar o‘g‘illardan yaxshiroq o‘qiydi. Faqat Kolumbiya, Kosta-Rika va Hindistonning Ximachal Pradesh shtatidagina natijalar teskari bo‘ldi. Buyuk Britaniya, AQSh kabi rivojlangan mamlakatlarda ikkala jins vakillari o‘zlashtirishi o‘rtasidagi farq eng kam bo‘lib chiqdi. Jinslar orasida katta tengsizlik hukm suruvchi Qatar, Iordaniya, BAA kabi davlatlarda esa qizlarning o‘qish darajasi o‘g‘illarnikidan eng baland ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijasida jamiyatdagi jinslararo tenglik o‘zlashtirishga hech qanday ta’sir o‘tkazmasligi ayon bo‘ldi, misol uchun, Finlyandiya va Qatarda o‘quvchi qizlarning o‘qish darajalari bir xil bo‘lib chiqdi.
Категория: Dunyo Xabarlari | Добавил: Komronmirzo (29.01.2015)
Просмотров: 861 | Теги: Olimlar dunyo bo‘yicha qiz bolalar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Код *: