Nigeriya armiyasining hujumiga javoban “Boko Haram” guruhi jangarilari Gatamarva, Makalama va Layxavul qishloqlarida 21 kishini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Reuters. Yaqindagi Main Chibok qishlog‘i aholisining so‘zlariga ko‘ra, jangarilar Gatamarva qishlog‘ida bozorni o‘rab olib, otishni boshlagan.
Qayd etilishicha, 19-fevral kuni Nigeriya harbiy havo kuchlari “Boko Haram”ning mamlakat shimoli-sharqidagi Sambisa qo‘riqxona o‘rmonida joylashgan mashg‘ulot lagerlari hamda qurol-yarog‘ va texnika omborlariga hujum qilgan.
Bundan tashqari, Niger, Chad va Kamerun qo‘shinlari jangarilarni o‘z mamlakatlaridan quvib chiqarib, mart oyida Afrika koalitsiyasi kirgunigacha ularni Nigeriya chegaralarida ushlab turishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
|