Hamisha go'zal va maftunkor xonanda deb e'tirof etilib kelgan ajoyib ijodkor xonanda Lola yozning jazirama kunlarida aktyor Umid Iskandarov bilan yangi "Farhod va Shirin" filmini suratga olish jarayonida ishtirok etishmoqda. Ko'plab ommalashgan filmlar produsseri Ruslan Mirzayev bu kinoda rejissyorlikka qo'l urdi. Ma'lumotlarga qaraganda film ssenariysi "O'zbekkino" milliy agentligi tomonidan suratga olishga ruhsat etilgan.
Ayni kunlarda filmni suratga olish ishlari bo'lib o'tmoqda. Albatta premyerani kutib qolamiz, umid qilamizki yuqori tashkilotlar tomonidan suratga olishga ruhsat etilgan film, kutilgan natijani beradi. Ijodkorlarga omad tilab qolamiz.
|