Professional boksning WBA, IBF va WBO yo‘nalishlarida superog‘ir vazn toifasi chempioni Vladimir Klichko promouter Don King unga akasi bilan jang uchun 100 million dollar taklif qilgani haqida so‘zlab berdi.
“Don King shunday degandi: “Yigitlar, men bilan shartnoma tuzinglar va men jangni tashkil qilaman. Bu orqali sizlarni boy qilaman”. Agar King o‘sha summani oldimizga qo‘yganida ham, baribir uning taklifini rad etardik. Bir milliard dollar bo‘lsa ham menga farqi yo‘q. Pul hayotda eng muhim narsa emas, men akamni yaxshi ko‘raman.Bizdan ko‘p marta bir-birimiz bilan jang qilishimiz haqida so‘rashgan. Lekin ikkimiz ham onamga hech qachon bunday qilmaslikka va’da berganmiz. Bu bizning boks bilan shug‘ullanishimizga ruxsat berilgan shartlardan biri edi”, - dedi Vladimir Klichko.
|