UNESKO Statistika instituti hamda BMT ning UNIСEF Bolalar jamg'armasi hamkorligida tayyorlagan hisobotiga ko'ra, jahonda har besh o'smirdan biri maktabda o'qimaydi. Yer yuzida tahminan 63 mln 12 dan 15 yoshgacha bo'lgan bola ta'lim huquqidan mahrum etilgan.
Ushbu hisobotsha ko'ra, har bir boalani boshlang'ich ta'lim bilan ta'minlash maqsadida resurslarni mobilizatsiya qilish uchun o'ziga xos chaqiruvdir. Unga qayd etilishicha, kichik yoshdagi har o'n bolaning biri bugun maktabga bormaydi. Umumuiy hisobda 121 mln bola va o'smir xali hech qachon maktab osonasiga qadam qo'ymagan yoki bo'lmasa ularning askariyati o'qishni to'htatgan.Vaholanki, xalqaro hamjamiyat 2015 yilgacha barcha bolalarni ta'lim bilan qamrab olish vazifasini o'z zimmasiga olgan.
YUNISEF ijrochi direktori Entoni Leykning ma'lum qilishicha, bugungi kunda ta'lim sohasida 3 ta vazifa hal qilinmog'i darkor. Bu boshlang'ich ta'limni ta'minlash, o'rta ta'limni tamomlashda o'smirlarga ko'maklashish hamda ta'lim siftini yaxshilashdir. Ushbu vazifalarning barchasi birdek dolzarb hamda ular qo'shimcha investitsiyalarni talab etadi.
Hisobotga ko'ra, 2007 yildan beri maktabda o'qimaydigan o'smirlar soni deyarli o'zgarmagan. Ularning aksariyati urush, etnik to'qnashuvlar yoki nogironlik sharoitida yashamoqda.
Bu borada eng salbiy holat Eritreya va Liberiyada kuzatilmoqda. Ushbu mamlakatlarda bolalarning mos ravishda 66 foiz va 59 foizi boshlang'ich maktabga bormaydi. Ko'pgina davlatlarda o'smir bolalar ta'limi bo'yicha raqamlar bundanda baland. Masalan, Pokistonda 12-15 yoshdagi qizlarning 58 foizi , o'g'il bolalarning 49 foizi ta'lim bilan qamrab olinmagan.
Hisobot mualliflarining fikricha, ta'limga to'siq qo'yayotgan eng asosiy muammo bu kam ta'minlanganlikdir. Xususan, Nigeriyada kam ta'minlangan oilalar farzadlarining 3 dan 2 qismi maktabga qatnamaydi. Mazkur davlatda nisbatan ta'minlangan oilalar farzandlarining 5 foizi maktab ta'limi bilan qamrab olinmagan.
|