Mashhur Grek estrada xonandasi Demis Russos shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi 25 yanvar kuni 68 yoshida Afinada vafot etdi. Gretsiyadagi muhim siyosiy saylovlar jarayonini g'amgin o'tmasligi maqsadida, qo'shiqchining yaqinlari uning vafoti xaqida dastlab xabar berishmagan edi.
Demis Russos 1946 yilda Misr Aleksandriyasida kelib chiqishi greklarga borib taqaladigan musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Uning onasi xonanda, otasi esa gitarachi bo'lgan. U 1963 yildan Aphrodite’s Child triosi ishtirokchisi bo'lgan. 1971 yilda esa u guruhni tark etib, yakkaxon qo'shiqchi sifatida o'z ijodini davom ettirgan. Umumiy olganda Demis Russosning hayot chog'ida uning 60 milliondan ziyod albomlar nusxasi sotilgan. Russosning eng mashhur qo'shiqlari "From Souvenirs to Souvenirs", Forever and Ever", "We Shall Dance" va "Goodbye My Love, Goodbye" kabilardir.
|