Amerikaning CNN telekanali AQSh tomonidan Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi ehtimolini yoritish chog‘ida Ukraina armiyasini “amerikaparast” deb atadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Telekanal efirida chiqqan yuruvchi matndan skrinshotni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari internetga chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina armiyasini “NATO legioni” deb atagan edi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bu gaplarni tanqid qilib, Ukrainada NATO qo‘shinlari emas, balki Rossiya armiyasi jang qilayotganini ta’kidlagan.
|