Ayni kunlarda o’zbek estradasi va kinosida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator ijodkor qizlar «Ayol kulsa» nomli yangi teleshouga qizg’in hozirlik ko’rishmoqda. Mazkur teleloyiha haqida eng qaynoq va eksklyuziv ma’lumotlar bilan esa siz azizlarni SB.uz portali bosh axborot ko’magi tarzida tanishtirib boradi.
Aslida «Ladies show» loyihasi nomi ostida boshlangan, ammo hozirgi kunga kelib «Ayol kulsa» nomi bilan o’z faoliyatini davom ettirayotgan mazkur teleloyiha boshida 3 kishi ish olib bormoqda. Ular aktrisa Zamira Beshimova, «Art centre» studiyasi rahbari Abdurahim Musaev hamda shoumen Mirtohir Mirg’ulmov hisoblanishadi. Mazkur yumoristik teleloyihaning ssenariysiIndira Miftaxanova hamda Dilnora Saipovalar tomonidan yozildi. Loyihaning ayni paytdagi rejissorlik vazifasida eng asosiy maslahatchisi O’zbekistondagi QVZning asoschilaridan biri hisoblangan Olimjon Xudoynazarov hisoblanadi. Ko’rib turganingizdek, tashkiliy vazifalar bo’yicha o’z ishining ustalari ish olib borishmoqda. Ana endi esa ijodiy guruhga, ya’ni «Ayol kulsa» dasturining ishtirokchilariga to’xtalib o’tsak: Nigora Ismoilova, Umidaxon Xojieva, Madina Mumtoz, Oyxon Iforzoda, Zamira Beshimova, Saida (Svetlana Saydieva), Feruza Normatova, Kaniza, Nigina Anarboeva, Feruza Mustafoeva hamda Akmal Nazarov dasturda ajoyib rollarni talqin etishadi. Teledasturning boshlovchilik vazifasi esa Mirtohir Mirg’ulomovga ishonib topshirildi.
«Ayol kulsa» teledasturining shou dasturi 11-aprel kuni soat 17:00da «Yoshlar Ijod Saroyi»da bo’lib o’tadi. Mazkur shou konsert dasturiga chiptalar ham sotuvga chiqarilgan bo’lib, siz ham ularni qo’lga kiritishingiz mumkin. Buning uchun siz (+99893) 3939922 telefon raqamlari orqali bog’lanishingiz mumkin. Portalimizni kuzatib boring va siz mazkur teleloyiha haqida qaynoq ma’lumotlardan xabardor bo’lib borasiz.
|